Konrad Adenauer nomidagi Fondi bilan hamkorlik memorandum imzolandi

2017 yilning 15 noyabr kuni o‘tkazilgan «Markaziy Osiyoda 1917 yil arafasida va undan keyingi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar» nomli davra suhbati doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz va Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi Fondi o‘rtasida hamkorlik haqida memorandum imzolandi.

Kelishuv bitimini Konrad Adenauer nomidagi Fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili, doktor Tomas Kunse va O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, professor Mirzohid Akromov imzoladi.
Tomas Kunse o‘z so‘zida mazkur hujjatning imzolanishi eng yangi tarix borasida olib borilayotgan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishini ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolaridan R.M.Abdullayev, D.A.Alimova, S.A.Agzamxodjayev, O.P.Kobzeva, Sh.M.Rahmatullayev, R.R.Nazarov va boshqalar ishtirok etdi.