Markaziy Osiyoda 1917 yil arafasida va undan keyingi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

2017 yilning 15 noyabr kuni “Poytaxt” biznes-markazida «Markaziy Osiyoda 1917 yil arafasida va undan keyingi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar» nomli davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Konrad Adenauer nomidagi Fond, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Davlatchilik tarixi instituti (Qozog‘iston), A.Donish nomidagi tarix, arxeologiya va etnografiya instituti (Tojikiston), Qirg‘iz Milliy universitetidan vakillar ham qatnashishdi.