“O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy–amaliy konferensiyasi axborot xati

AXBOROT XATI

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning tadrijiyligi va istiqboldagi strategik maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyatini ko‘rsatish hamda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (2017-2021 yillar) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f-son Farmoyishiga ko‘ra 2017 yil 15 aprelda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘qitilishining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy–amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Konferensiyada quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan: 
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘qitishning manbaviy asoslari.
2. O‘zbekistonning eng yangi tarixini yozishda tarixiy metodlar va yondashuvlar.
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixida ta’lim va fan integratsiyasi masalalari.
4. O‘zbekistonning eng yangi tarixida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy va millatlararo munosabatlarning aks ettirilishi.

TEZIS MATNINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBLARI

Tezis hajmi 2- 3 betdan iborat, bosma va elektron holda, muallifning ismi-sharifi, ish joyi yoki o‘quv yurti nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

• MICROSOFT WORD (Windows 2003,2007) matn redaktorida, 14 kegel o‘lchamli Times New Roman shrifti bilan 1,5 intervalda;

• Yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirishi va sahifalangan bo‘lishi lozim;

• Tezis nomi katta va qalin harflar bilan yozilishi kerak;

• Tezis o‘zbek yoki rus tillarida, tahrir qilingan holda qabul qilinadi;

• Tahrir qilinmagan, imlo xatolari bilan taqdim etilgan tezislar nashr qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Konferensiyaga topshirilgan tezislar ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi.

 

Ilmiy to‘plam uchun tezislar 2017 yilning 1 apreliga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 45-uy, Davlat boshqaruvi akademiyasi binosi.

Elektron manzil: tmarkaz@umail.uz

Tel.: (99871) 232-61-28, 232-37-01