Yosh olimlar-innovatorlar

25 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda «Yosh olim-innovatorlar» xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Markaz direktori M.A. Rahimov konferensiya tashkiliy qo’mitasining ishida faol ishtirok etdi. Konferensiya dasturi uch qismdan iborat bo’lib, umumiy yig’ilish va ma’ruzalardan tashkil topgan. Birinchi bo’lim bozor munosabatlari tizimida inson resurslarini innovatsion boshqarishga bag’ishlandi. Ikkinchisi – moliya-kredit tizimini rivojlantirishda innovatsiyalarning o’rni. Uchinchi qism – «Faol tadbirkorlikni milliy iqtisodiyotni rivojlantirish omili sifatida qo’llab-quvvatlash».