«O‘zbekistonning eng yangi tarixi» nashr qilindi

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Tarix instituti bilan hamkorlikda zamonaviy O‘zbekiston tarixi bo‘yicha mamlakatimiz va dunyo amaliyotida birinchi bo‘lgan «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» darsligini nashr qildi. Yetakchi xorijiy universitetlarning akademik va o‘quv adabiyotlarni yozish tajribasini ijodiy o‘rgangan holda darslikda jahon siyosati va iqtisodiyoti globalizatsiyasi sharoitida jamiyatimiz rivojining asosiy yo‘nalishlari, siyosiy, iqtisodiy, sotsiomadaniy transformatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari tahlil etilgan.

Loyiha rahbari va muharrir – Markaz direktori M.A.Raximov. O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolaridan B.A.Abduxalimov, R.M.Abdullayev, S.M.Adilxodjayeva, R.R.Nazarov, M.A.Raximov, Sh.M.Rahmatullayev, Markaz xodimlaridan S.A.Pulatova, K.K.Sagdullayev – darslikning mualliflaridir.