Jamoatchilik kengashi majlisi o‘tkazildi

2018 yil 29 iyunda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining majlisi o‘tkazildi.

Majlisda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning 2018 yildagi faoliyati haqida fikr almashildi. Muhokamada Jamoatchilik kengashi a’zolari: akademik A.S.Sagdullayev, t.f.d. R.M.Abdullayev, t.f.d., prof. R.F.Farmonov, t.f.d., prof. N.U.Musayev, t.f.d., prof. S.N.Tursunov, t.f.n. Sh.M.Rahmatullayev qatnashib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Majlisda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida tayyorlangan va Moskva shahrida nashr qilingan «Новейшая история Центральной Азии: проблемы теории и методологии»  monografiyasi hamda «Новейшая история Узбекистана» darsligi haqida axborot berildi.