Kitob-albom ustida ish boshlandi

Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida 2018 yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 maydagi «Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan kitob-albomni tayyorlash va nashr etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi F–5294-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan mardlik va jasorat, el-yurtimizning g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi haqida tarixiy haqiqatni tiklash va uni kelgusi avlodlarga yetkazish, fashizmga qarshi janglarda qatnashgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish maqsadida tayyorlanadigan kitob-albom keng ko‘lamli ishlar olib borilishini taqozo qilishi ta’kidlanib, Markaz Tashkiliy qo‘mitaning shtabi etib belgilandi.