“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (100 savolga 100 javob) qo‘llanmasi nashrdan chiqdi

1484911958

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi” Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Nizom”lardan kelib chiqib, fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning malakaviy imtihon oldi tayyorgarliklariga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (100 savolga 100 javob) qo‘llanmasi (mualliflar: A.Zamonov, A.Mirkamilov)ni ishlab chiqdi. Mazkur qo‘llanmaning tayyorlanishida mustaqillik davri bo‘yicha mavjud adabiyotlar, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruzalari, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, OAV ma’lumotlaridan keng foydalanildi.
Mazkur qo‘llanma mustaqillik davri tarixiga qiziquvchi keng kitobxon ommasi va fan doktorligiga talabgorlar uchun mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatini beradi.