Xalqaro aloqalar — taraqqiyot zamini

2018-yil 17-oktabr kuni O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda Qozog’iston-Nemis universiteti (Olmata sh.) prezidenti, sotsiologiya fanlari doktori Markus Kayzer va uning hamkasbi doktor Diter Zayts bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvni Markaz direktori M.A.Rahimov olib bordi. Tadbirda Doktor M.Kayzer rahbarligidagi universitet faoliyati, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari  haqida fikr almashildi. Doktor Diter Zayts hozirgi MDH makonida kosmos dasturlari bilan bog’liq tadqiqoti ustida ishlayotganligi haqida axborot berdi.

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori o’rinbosari Sh.B.Muxamedov mehmonlarga O’zbekistonning ushbu sohada erishgan yutuqlari, kosmonavtlarimiz haqida gapirdi. Markaz xodimlari ushbu tadqiqot va o’zaro hamkorlik haqida o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. Uchrashuv konstruktiv tarzda va do`stona ruhda o`tdi.