Umumiy o`rta ta’limning 10-sinf o`quvchilari uchun “O`zbekiston tarixi” darsligi yaratildi

O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashi va O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz umumiy o’rta ta’limning 10-sinfi hamda o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari uchun “O’zbekiston tarixi” darsligini yaratdi. Darslik O’zbekistonning 1917-1991 yillar tarixini o’z ichiga olgan bo’lib, mualliflar (Jamoatchilik kengashi a’zosi, t.f.d. prof. Q.K.Rajabov va Markaz katta ilmiy xodimi A.T. Zamonov) uni eng oxirgi tadqiqotlar natijalaridan keng foydalangan halda, yangicha yondashuv asosida tayyorlagan.