Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun “O‘zbekiston tarixi” o‘quv-metodik qo‘llanmalari nashrdan chiqdi

1473746944

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g’risida”gi qarori ijrosidan kelib chiqib, O‘bekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun 6-9-sinf “O‘zbekiston tarixi” (xrestomatiya) o‘quv-metodik qo‘llanmalarini (4 ta kitob) nashrdan chiqardi. Akbar Zamonov boshchiligidagi mualliflar guruhi va t.f.n. dotsent Zokirjon Saidboboyev mas’ul muharrirligida tayyorlangan mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar respublikamizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarix fani o‘qituvchilariga interfaol usullarda dars o‘tishini yanada rivojlantirish, pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotga joriy etishda pedagog-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi, ilmiy salohiyati va mahoratini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadlarini inobatga olgan.           “Tafakkur” nashriyoti tomonidan chop etilgan mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalarda xrestomatiya qismi mavjud bo‘lib, unda tarixiy davrlardaga birlamchi manbalardan mavzuga doir hali muomalaga chiqmagan ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Shu juhatdan, ushbu qo‘llanmalar tarix ta’limi yo‘nalishida ilk qadam hisoblanadi.