Navoiyda respublika konferensiyasi

2019 yil 25 may kuni Navoiy davlat pedagogika institutida «Tarix fani metodologiyasi va tarix ta’limining dolzarb masalalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bo‘lim mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich ishtirok etib, “O‘zbekiston milliy madaniyati va tarixiy merosini xalqaro targ‘ib qilish: yutuqlar va istiqbollar”  mavzusida nutq so‘zladi.