Hamkorlikning yangi istiqbollari

2019 yil 23 avgust kuni O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazga Janubiy Koreyaning Inxa universiteti professori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sun Dong Ki tashrif buyurdi.  Professor Sun Dong Ki markaz direktori t.f.d., prof. M.A. Raximov va direktor o‘rinbosari PhD. K.K. Sagdullayevlar bilan uchrashib o‘zaro ilmiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.