Tojikiston Respublikasida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi

21-23 oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Qadimgi tarix tadqiqotlari: tarix va hozirgi zamon” (“Pajo‘hish dar farhangi boston: az diro‘z ot imro‘z”) mavzusida xalqaro simpozium o‘tkazildi. Konferensiya ishida Markaz bo‘lim mudiri, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim B.B.Aminov ham ishtirok etib, anjumanning ochilish marosimida nutq so‘zladi. Shuningdek, u “Termiz sayyidlari va somoniylar nasabnomasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan konferensiyaning sho‘’basida ham qatnashdi.

Ochilish marosimi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin:  https://www.youtube.com/watch?v=nxNEP2h2fH8