Samarqandda o‘tayotgan «Валдай» klubi hamkorligidagi konferensiyasi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi loyiha rahbari Mirzohid Rahimov Samarqandda o‘tkazilayotgan «Valday» muloqot klubi forumida qatnashmoqda. Mirzohid Rahimov «Валдай» muloqot klubining Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekiston uchun katta sharaf, deya ta’kidladi.

«Ko‘plab masalalar qatorida bu yerda O‘zbekison – Rossiya munosabatlarining xavfsizlik omili ham muhokama etilmoqda. Men iqtisodchi emasman, valyuta haqida biror tayinli narsa deyishim qiyin, biroq har ikki mamlakat moliyaviy aloqalarni diversifikatsiya qilib, mashhur va ma’lum valyutalarga o‘tishga urinmoqchi va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirmoqchi. Shubhasiz, bugungi tadbir so‘nggi uch yilda Rossiya – O‘zbekiston munosabatlarining dinamikasi shiddat bilan o‘zgarayotgani ko‘rsatib turibdi», — dedi M.Rahimov.