Respublika ilmiy konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-son Farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan 2019 yil 20 noyabrda Temuriylar tarixi Davlat muzeyida “IKKINChI JAHON URUShI VA O‘ZBEKISTON XALQI: YaNGI TADQIQOT YO‘NALIShLARI” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya urush yillarida xalq jasorati va matonatini, mehr-muruvvati va insonparvarlik fazilatlarini o‘rganish orqali fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga erishishda O‘zbekistonning munosib hissasini har tomonlama ko‘rsatish hamda bu davrni tadqiq etish masalalariga bag‘ishlangan.