O`zaro hamkorlik to`g`risidagi kelishuvning imzolanishi

2019 yil 20 noyabrda Temuriylar tarixi Davlat muzeyida “IKKINCHI JAHON URUSHI VA O‘ZBEKISTON XALQI: YANGI TADQIQOT YO‘NALISHLARI” mavzusida o`tkazilgan respublika ilmiy konferensiyasi doirasida Toshkent shahar “Свiтанак” Belarus madaniy markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz o`rtasida o`zaro hamkorlik to`g`risdagi shartnoma imzolandi.