«Markaziy Osiyo beshligi»: Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat kengashi yakunlari bo’yicha uzoq muddatli mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari mavzusidagi davra suhbati.

2019 yil 6-dekabr kuni poytaxtimiz biznes markazida «Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi yakunlari bo’yicha uzoq muddatli mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O`zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning “Tarix bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy va o’quv adabiyotlarini ekspertizadan bo’yicha o`tkazish bo’limi loyiha rahbari: Raximov Mirzoxid Akramovich «Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishda madaniy-gumanitar hamkorlikning roli» mavzusida ma’ruza qildi.