O`quv qo`llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2020 yil 8 yanvar kuni O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi tomonidan nashr etilgan “Jahon xalqlari etnologiyasi” (Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2018 yil, 320 b. Muallif: Tusunboy Salimov. Mas’ul muharrirlar: t.f.n. A. Malikov, t.f.n. A.Qayumov, PhD. K.Sagdullayev. Taqrizchilar: t.f.d. B.Ubaydullayeva, t.f.n. M.Payziyeva, o‘qit. A.Bobobekov) nomli o‘quv qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitob 5120300 – Tarix bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida nashr etilgan. Taqdimotda muallif hamda ishtirokchilar kitobning qisqacha mazmuni, dolzarbligi, ahamiyati hamda ushbu kitob mamlakatimizda etnologiya fanini rivojlantirishda muhim manba sifatida xizmat qilishini ta’kidladilar. Shuningdek, ushbu kitob nafaqat tarix fakultetlari talabalari, qolaversa, ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlar ham foydalanishi mumkin. Taqdimot so‘ngida muallif ushbu kitobning nashr etilishida ko‘rsatgan yordami uchun markaz xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.