Kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig`ilishi o`tkazildi

2020 yil 14 fevral kuni O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tasarrufidagi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi» kasaba uyushmasi tashkilotida 2017-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2019 yil yakunlari va kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi tashkilotchisi o‘tgan davr mobaynida kasaba uyushmasi tomonidan olib borilgan ishlar xususida hisobot berdi. so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasining faoliyatini qoniqarli deb baholadilar. Yig‘ilishda kasaba uyushma tashkilotining yangi tarkibi va BKU tashkilotining konfrensiyasiga delegat saylandi.