Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga qabul bo‘yicha e’lon

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz 2018 yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
QABUL E’LON QILADI

TAYANCH DOKTORANTURA:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” – 1 o‘rin

07.00.07 – “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” – 1 o‘rin

Talab qilinadigan hujjatlar:

ariza;

qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’ektivka);

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislari).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

 

Hujjatlar 2017 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy.

Murojaat uchun telefon: (+99871) 233-37-01.