“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi va mamlakatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti” mavzusidagi respublika ilmiy–amaliy konferensiyasi axborot xati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f-son Farmoyishiga ko‘ra, O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan 2017 yil 20 oktyabrda “2017-2021 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHNING HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MAMLAKATNING MA’NAVIY-MADANIY TARAQQIYOTI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiya 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi o‘rni hamda mamlakatda ma’naviyat va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning tadrijiyligi va istiqboldagi maqsad va vazifalarining mazmun-mohiyatini ko‘rsatishga qaratilgan.

Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari (sho‘’balar):

1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va mamlakatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti.

2. Ma’naviy-madaniy jarayonlarni o‘rganish metodologiyasi.

3. Milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotira.

4. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyati.

5. Mustaqil O‘zbekistonning xalqaro madaniy aloqalari.

Maqolalar 2017 yil 1 oktyabriga qadar o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilib, elektron ko‘rinishda tashkiliy qo‘mitaga yetkazilishi zarur:

• ilmiy maqolada qo‘yilayotgan masalaning mohiyati, mavjud muammolar va ularni hal etilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi vazifalar, takliflar berilishi;

• maqola tahrir qilingan va ilmiy talablarga javob berishi;

• maqolaning umumiy hajmi 5-6 betdan oshmasligi, Microsoft Word matn muharririda, 14 kegel o‘lchamli Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda bo‘lishi;

• matn formatining chegarasi: yuqori va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. bo‘lishi;

• maqola sarlavhasi o‘rtadan bosh harflarda, qalin qilib yozilishi, keyingi satrdan muallifning ismi, otasining ismi, familiyasi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili, telefon raqami ko‘rsatilishi;

• iqtiboslar kvadrat qavsda [1, 22] berilishi, foydalanilgan adabiyotlar maqola oxirida alifbo tartibida keltirilishi;

• fayl muallifning familiyasi va ismi bilan nomlanishi shart.

Maqolada keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi mualliflar zimmasidadir.

Mazkur talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Materiallar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilib, uning tavsiyasi bilan konferensiya dasturiga kiritiladi hamda ilmiy to‘plamda chop etish uchun qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy. O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz.

Elektron manzil: tmarkaz@umail.uz, engyangitarix@mail.ru

Tel.: (99871) 233-37-01.