Xiva shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

1505137140

9 sentyabr kuni Xiva shahrida xalqaro “Raqs sehri” an’anaviy festivali doirasida “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab xalqaro turizmning barqaror rivojlanishida madaniy merosning tutgan o‘rni” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, Xorazm Ma’mun akademiyasi, Urganch davlat universiteti qatorida konferensiya tashkilotchisi bo‘ldi.

Konferensiyada Madrid avtonom universiteti professori, Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha ekspert Xesus Xill, Vivekananda xalqaro fondi ilmiy xodimi, doktor Rashmini Koparkar qatnashdi. Konferensiyaning yalpi majlisi hamda “Tarix, iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish” sho‘’basiga O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor M.A.Rahimov moderatorlik qildi.