“O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning mustaqil O‘zbekistonni barpo etishdagi tarixiy roli” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyаsi

1504780647

2017 yilning 7 sentyabr kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Mustaqil O‘zbekistonni barpo etishdagi tarixiy roli” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdi.

1504780627_2017

Konferensiyada O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor M.A.Raximov, Markaz bo‘lim mudiri, siyosiy fanlar doktori V.X.Qo‘chqorov o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Konferensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zosi, O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri X.E.Yunusova moderatorlik qildi.