«Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!»

1504780506

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi PQ-3095-son Qarorida ilgari surilgan fikr va g‘oyalarni vatandoshlarimiz, xususan, yosh avlod qalbi va ongiga singdirish, aholi o‘rtasida mustaqillik sharofati bilan amalga oshirilgan ezgu ishlar, sa’y-harakatlar, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, madaniy va ma’naviy sohalarda erishilgan yutuqlarini targ‘ibot-tashviqot qilishda foydalanish uchun Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» nomli uslubiy qo‘llanma chop etildi.

Uslubiy qo‘llanma tayyorlanishida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bo‘lim mudiri, tarix fanlari nomzodi S.A.Pulatova, bo‘lim mudiri, siyosiy fanlar doktori V.X.Qo‘chqorov muallif sifatida qatnashishdi.

Uslubiy qo‘llanmada 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturining ma’no-mazmuni, ularda belgilangan vazifalarning mohiyatini ochib berishga alohida e’tibor qaratildi.