Jamoatchilik kengashi majlisi

2017 yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasi Rayosati binosida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi majlisi o‘tkazildi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Jamoatchilik kengashi Raisi X.M.Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yuldashev qatnashdi.
Majlisda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi Raisi X.M.Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan muhim vazifalar haqida ma’ruza qildi.
Majlisda Jamoatchilik kengashi a’zolarining faoliyat tartibi ko‘rib chiqildi, Jamoatchilik kengashi va ishchi organning 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan ish rejasi qabul qilindi.