«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi va mamlakatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-f-son Farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan 2017 yil 20 oktyabrda Tarix instituti, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va mamlakatning ma’naviy-madaniy taraqqiyoti» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a’zolari A.A.Mavrulov, B.A.Abduxalimov, R.M.Abdullayev, R.F.Farmonov, Sh.M.Rahmatullayev, R.R.Nazarov qatnashdi.
Konferensiyada «Taraqqiyot strategiyasi» markazi jamoatchilik monitoringi bo‘yicha koordinatori Sh.B.Saparov, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz bo‘lim mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent S.A.Pulatova, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutidan tarix fanlari nomzodi Sh.M.Rahmatullayev, falsafa fanlari nomzodi R.R.Nazarov Harakatlar strategiyasining O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdagi o‘rni hamda mamlakatda madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi maqsad va vazifalar yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.
Konferensiyaga O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, tarix fanlari doktori M.A.Raximov moderatorlik qildi.