«O’zbekiston-Qozog’iston: diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligi» mavzuida xalqaro konferensiya

31 oktabr kuni Toshkent shahrida «O’zbekiston-Qozog’iston: diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligi» mavzuida xalqaro  konferensiya bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qozog’iston Respublikasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjumanda ​vazirlik va idoralar, O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, ikki mamlakat nufuzli tahliliy markazlari rahbarlari ishtirok etdi.  Tadbirda tarix fanlari doktori, professor, Markaz direktori M.A.Rahimov ham qatnashdi.