«Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik» nomli xalqaro konferensiyasi

10-11 noyabr kuni Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik» nomli xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Afg’oniston va Eron Tashqi ishlar vaziri, Pokiston Bosh vaziri Xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi, AQSh prezidenti yordamchisining Xavfsizlik masalalari bo’yicha o’rinbosari, Yevroittifoq Tashqi siyosiy masalalar bo’yicha oliy vakili hamda turli davlatlardan 500ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi. Konferensiyada O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha Mufoviqlashtiruvchi-metodik markaz direktori, t.f.d., professor M.A.Raximov qatnashdi.