Ekspertiza mezonlari

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
Jamoatchilik kengashining
2012 yil 17 dekabrdagi
4-sonli yig‘ilish bayoniga
ko‘ra tasdiqlangan

Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ekspertizasi mezonlari:

1. Darslikdagi mavzularning o‘quv rejadagi dars soatlariga muvofiqligi;
2. Darslik mazmunida milliy istiqlol g‘oyalarining (Prezident I.Karimov asarlarida ilgari surilgan g‘oyalarni) singdirilganligi;
3. Mavzular, savol va topshiriqlarning ketma-ketligi va uzviyligining ta’minlanganligi;
4. Mavzularni yoritishda materiallarning ilmiy jihatdan to‘g‘ri berilganligi;
5. Metodologik talablarga mos kelishi;
6. Darslikning o‘quvchilar yoshiga va bilim darajasiga muvofiqligi;
7. O‘quvchilarning mavzu ustida mustaqil ishlashi;
8. Til uslubining talablarga mos kelishi;
9. Darslik materiallarining imlo (orfografik) va uslubiy jihatdan savodxonlik darajasi;
10. Matn va illyustratsiyalarning o‘zaro uyg‘unligi;
11. Darslik materiallarining amaliyot, tevarak-atrofdagi hodisalar, voqealar va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘liqligi;
12. Darslik mavzularini o‘zlashtirish uchun mashqlar, topshiriqlar va amaliy mashg‘ulotlarning yetarliligi;
13. Darslik mavzularini o‘zlashtirish uchun berilgan mashq, topshiriq va amaliy
mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida tuzilganligi.

 

Metodik qo‘llanmaning ekspertizasi mezonlari:

1. Metodik qo‘llanma darslik mavzulariga to‘laligicha mos va ishlatishga qulayligi;
2. Metodik qo‘llanmada har bir mavzu bo‘yicha o‘qitish metodlari anik bayon etilganligi;
3. Barcha mavzular o‘qitish uchun aniq maqsadlar va yo‘nalishga egaligi;
4. Metodik qo‘llanmada o‘quvchilarni baholash uchun yetarli topshiriqlar berilgan bo‘lishi;
5. Barcha materiallar ilmiy jihatdan to‘g‘ri yoritilganligi;
6. Metodik qo‘llanmada dars ishlanmalaridan tashqari qo‘shimcha materiallar (faktik ma’lumotlar, mavzuga oid to‘ldiruvchi matnlar, jadvallar, nazorat ishlarini o‘tkazish bo‘yicha materiallar) to‘liq ta’minlanganligi;
7. Mazmun va til aniq, ravon bayon etilganligi;
8. Qobiliyatli o‘quvchilar uchun yetarli darajada qo‘shimcha ma’lumotlar berilganligi;
9. Barcha mavzularning xaritasi tuzilganligi;
10. Fanga doir xususiy texnologiyalar berilganligi;
11. Metodik qo‘llanma imlo va uslubiy jihatdan o‘qimishli, savodli yozilganligi.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz