Jurnal haqida

O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari. Fanlararo ilmiy-nazariy jurnali

«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari»

Respublika fanlararo ilmiy-nazariy jurnali (ISSN 2181-8231).

«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» fanlararo ilmiy-nazariy jurnalining ta’sischilari: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi.
Jurnal 2018 yildan nashr qilina boshlandi, 2017 yil 29 avgustda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan. (Guvohnoma № 0848).
«O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali bir yilda ikki marotaba nashr qilinadi.
Maqolalar tahrir hay’ati a’zolari tomonidan ilmiy mezonlar (yangiligi, dolzarbligi, ahamiyati va h.k) asosida taqriz qilinadi.
Nashr tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Jurnalning maqsadi va vazifalari. Jurnalda O‘zbekistonning ijtimoiy-ciyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqea va jarayonlarga bag‘ishlangan, ularning mazmun-mohiyatini yorituvchi tahliliy materiallar e’lon qilinadi. Shuningdek, nashrda eng yangi tarixni tadqiq etishning xorij tajribasini o‘rganish masalalari ham o‘rin oladi. Maqolalar tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalarga O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishga ilmiy-metodik jihatdan ko‘mak beradi. Chop etilgan ishlar o‘quvchilarda mamlakat tarixiga oid haqqoniy va chuqur bilimlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Jurnalda tarix va boshqa gumanitar-ijtimoiy fanlar sohasida olib borilayotgan hamda XX– XXI asrlarda O‘zbekiston va xorij mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining dolzarb masalalari bilan bog‘liq fundamental va nazariy-amaliy tadqiqotlarning natijalari chop etiladi. Shuningdek, nashrda monografiyalar va maqolalarga taqrizlar, xalqaro konferensiyalar va seminarlar yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar, kitoblar va esselarga obzorlar ham e’lon qilinadi.

Bosh muharrir

Raximov Mirzoxid Akramovich

Tug‘ilgan sanasi: 1974 yil 13 iyul.
Tug‘ilgan joyi: Nurota shahri.

Yo‘nalishi: Tarix, xalqaro munosabatlar t.f.d., prof.;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari

(2017 y. – hozirgi vaqtgacha);
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori.

1996 yili Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan.

160 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 20 dan ortiq monografiyalar muallifi.

1 fan nomzodi, 1 falsafa doktorini tayyorlagan.

2017 yil 7 avgustda o‘tkazilgan Ta’sischilar yig‘ilishida tayinlangan.

Manzil: 100060, O’zbekiston, Toshkent, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5 uy,
Telefon: (+99871) 233-37-01
E-mail: uzconhistory@academy.uz
Sayt: tmarkaz.uz/?page_id=427

Maqolalar uch tilda – o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Maqola Microsoft Word matn muharririda yoki RTFda yozilgan 1 interval, Times New Roman shriftidagi 12 betdan kam bo‘lmagan (obzor maqolalar 20 betgacha) matn holida bo‘lishi zarur. Varaqning yuqorisi va pastidan – 2 sm, chap tomonidan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, xatboshida 1,25 sm joy qolishi kerak. Jadvallar, rasmlar va adabiyotlar bilan birgalikda barcha sahifalar raqamlanadi. Jadvallar va rasmlar (oq-qora) matn ichiga joylanadi.

2. Jurnal tahririyatiga mualliflar hamda maqolaning nomlanishi ko‘rsatilgan holda bosma nusxasi va elektron shakli topshiriladi. Maqola elektron pochta orqali yuborilishi mumkin. Qo‘lyozma mualliflar tomonidan imzolangan va barcha hujjatlar bilan taqdim etiladi: maqola, maqolaga tashqi va ichki taqrizlar (1 nusxadan).

3. Maqolani rasmiylashtirish tartibi: maqolaning nomlanishi; mualliflarning ismi, familiyasi, otasining ismi, ilmiy darajalari; tashkilot(lar) nomi; mualliflardan birining e-mail pochtasi; o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya (200-300 so‘z) va kalit so‘zlar; maqola matni (kirish, materiallar va metodlar, natijalar, xulosa), adabiyotlar ro‘yxati (ARA uslubida rasmiylashtirilgan).

4. Maqolalar Toshkent sh., Shahrisabz tor ko‘chasi, 5 uy, 8-qavatida qabul qilinadi. Telefon: +99871 233-37-01.
Elektron pochta: uzconhistory@academy.uz

Jurnal maqolalari ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy mezonlarga mos kelishi kerak.

Shu maqsadda,

– mavzu dolzarb va amaliy xarakterda bo‘lishi;

– tadqiqot mavzusi bo‘yicha nazariy yondashuvlarning obzori taqdim etilishi;

– nazariy bahs bo‘yicha muallifning mustaqil munosabati akslanishi;

– nazariy obzor tadqiqot javob beradigan aniq savollar bilan tugallanishi;

– maqolada muallifning shaxsiy gipotezasi ifodalanishi;

– muallif foydalanayotgan tadqiqot metodologiyasi aniq belgilanishi va asoslanishi;

– tadqiq etilayotgan muammo bayoni ilgari surilayotgan gipoteza doirasidan chiqmasligi;

– o‘rganilayotgan hodisa/ jarayonlarning nafaqat tavsifi (qanday?), qolaversa, sabablari (nimaga?) taqdim etilishi;
– maqolada tadqiqot savollariga javob berishga ko‘maklashadigan ma’lumotlar bo‘lishi;

– foydalanilayotgan manbalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi;

– maqolada zaruratga qarab, milliy va xorijiy tashkilotlarning so‘nggi statistik ma’lumotlari o‘rin olishi;

– tadqiqot yangiligi bilan ajralib turishi kerak.

Taqrizlar mualliflari ilmiy tadqiqotni quyidagi mezonlar asosida tahlil qilishlari kerak: dolzarblik darajasi, metodologiya, tanlangan strukturaning mantiqiyligi, asosiy tezisning isbotlanganligi, ma’lumotlar va xulosalarning ishonchliligi hamda boshqa.

Ilmiy maqolalarni yozish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar va foydali adabiyotlarni Markaz vebsaytida topish mumkin (http://www.tmarkaz.uz).

ПОДГОТОВКА НАУЧНОЙ СТАТЬИ В СТИЛЕ SCOPUS (файл в PDF) — ART-SCOPE

БИБЛИОГРАФИЯ (файл в PDF) — Образец библиографии (Reference) по АРА стилю