Markaz haqida

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz:

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 27 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1694-sonli qaroriga asosan Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida tashkil etilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 17 fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2789-sonli Qaroriga muvofiq Markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazilib, Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 3105-sonli Qarori bilan Markaz faoliyati takomillashtirildi.

Jamoatchilik kengashi faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash; O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb masalalarni ishlab chiqishni tashkillashtirish, ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash chora-tadbirlari tizimini tayyorlash va amalga oshirish, o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, shuningdek, Jamoatchilik kengashiga yuklangan boshqa vazifalarni bajarish; O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish; davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga kiritish; O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish; har yili ushbu sohada tadqiqotlar va ta’lim berish darajasini oshirishga, zamonaviy O‘zbekiston, uning tarixiy o‘tmishi to‘g‘risidagi ishonchli axborotni xalqaro jamoatchilikka yetkazishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro va respublika konferensiya va seminarlari ro‘yxatini belgilangan tartibda ishlab chiqish Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Markaz direktor, direktor o‘rinbosari, uchta bo‘lim va yordamchi xodimdan tashkil topgan (jami 15 shtat birligi).
Bo‘limlar:
  1. Tarix bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-metodik adabiyotlar ekspertizasi bo‘limi.
  2. Ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘quv, ilmiy-uslubiy adabiyotlar tayyorlash bo‘limi.
  3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha xorijiy tadqiqotlarning monitoringi va tahlili bo‘limi.

Markaz manzili: 100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5.