Markaz rahbariyati

Direktor vazifasini bajaruvchi – Sagdullayev Kozimxon Kaxramonovich

Sagdullayev Kozimxon Kaxramonovich 17.00.08 – «San’at nazariyasi va tarixi» ixtisosligi bo’yicha «Teatr va OAV kommunikativ tizim sifatida» mavzusidagi tadqiqotini 2018-yilda himoya qilib, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Ilmiy qiziqishlari doirasi – O’zbekistonning zamonaviy badiiy madaniyati, san’at jurnalistikasi, media kommunikatsiyalari, Ikkinchi Jahon Urushi.  U «Teatr va ommaviy axborot vositalari kommunikativ tizim sifatida», «Teatr jurnalistikasi bugun: amaliyot va nazariya masalalari» (rus tilida) nomli 2  monografiya, O’zbekiston, Rossiya, Qozog’iston, Avstriya, Fransiya, Polsha, Chexiya, AQSh, Kanada mamlakatlarida chop etilgan 50 dan ortiq maqolalar hamda tezislar muallifi. U 2018 yili rus tilida nashr etilgan «O’zbekistonning eng yangi tarixi» darsligining mualliflaridan biri.

U xalqaro ilmiy konferensiyalarda, xususan, «UCAWE – 2012» (Bryansk, Rossiya) xalqaro simpoziumida, «Yangi avlod» (Moskva, 2015) xalqaro dasturida ishtirok etgan. Shuningdek,  u 2019 yili “Belarus va O‘zbekiston hududlari forumi” doirasida “Belarus Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida tashkil etilgan ilmiy stajirovkani  o’tagan.  2019 yilning 4 oktyabridan direktor vazifasini bajaruvchi.

Direktor o’rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi – Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich

Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi, tashqi siyosati, ikki va ko‘p tomonlama xalqaro munosabatlari mavzularda tadqiqot olib boradi.

Oybek Abdimo‘minov 2005-2006 yy. “Kamolot” YoIHning “Kamolot”, 2006-2007 yy. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi, 2008-2009 yy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Oybek Abdimo‘minov 80 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan “Новейшая история Узбекистана” darsligi hammualifi. Xitoy, Germaniya, Hindiston, Belorus va boshqa davlatlarida ilmiy safarlarda bo‘lgan.