Bo’limlar

Tarix bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni tekshirish bo’limi;

Bo’lim mudirii: Po’latova Sevara Akmalovna

Katta ilmiy xodim

Katta ilmiy xodim:  Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich

 

Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).

O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi, tashqi siyosati, ikki va ko‘p tomonlama xalqaro munosabatlari mavzularda tadqiqot olib boradi.

Oybek Abdimo‘minov 2005-2006 yy. “Kamolot” YoIHning “Kamolot”, 2006-2007 yy. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi, 2008-2009 yy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Oybek Abdimo‘minov 80 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan “Новейшая история Узбекистана” darsligi hammualifi. Xitoy, Germaniya, Hindiston, Belorussiya va boshqa davlatlarida ilmiy safarlarda bo‘lgan.

 

Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o’quv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash bo’limi

Bo’lim mudiri:  Zamonov Akbar Turg’unovich

Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). O’rta Osiyoda shayboniylar sulolasi hukmronligi yillarida harbiy-siyosiy jarayonlar, harbiy boshqaruv va jang san’ati bilan bog’liq mavzularda tadqiqot olib boradi.
Mazkur mavzu doirasida bitta monografiya nashr qilingan: (Buxoro xonligining qo’shin tuzilishi va harbiy boshqaruvi (Shayboniylar sulolasi davri). T.: 2018 yil “Bayoz” nashriyoti, 208 b.). Akbar Zamonov 40 ga yaqin ilmiy maqola, tezislar, shuningdek, o’quv-uslubiy yo’nalishda ham 40 ga yaqin maqola, tezis va uslubiy tavsiyanomalar muallifi. Shuningdek, umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun 4 ta darslik (9-sinf “O’zbekiston tarixi” – 2014; “Dunyo dinlari tarixi” – 2017; 10-sinf “O’zbekiston tarixi” – 2017; 11-sinf “O’zbekiston tarixi” – 2018) hammualifi, 20 ga yaqin o’quv, o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi hisoblanadi.

 

Katta ilmiy xodim : Shamsiyeva Iroda Mahmudovna

Shamsieva Iroda Mahmudovna 1999 yili “Toshkent Davlat Universitetining O’rta Osiyo oliy ta’limi tarixida tutgan o’rni (1920-1960 yillar)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy qiziqishlari doirasi- O’zbekistonning eng yangi, intellektual va og’zaki tarixi, raqamli tarix (digital history) va tarixiy informatika masalalari. 1998 yilda I.Shamsieva Buyuk Britaniyaning Ekzeter universiteti, “Iste’dod” jamg’armasining grant sovrindori sifatida 2004 yilda IT texnologiyalar bo’yicha Janubiy Koreyaning Chonbuk hamda 2010 yilda “Pedagogika va psixologiya” sohasi bo’yicha Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universitetlarida ilmiy stajirovkalar o’tagan. Shuningdek, u quyidagi xalqaro anjumanlar ishtirokchisi hisoblanadi: «Istoriya, informatsionne texnologii i kulturnoe nasledie: perspektivi XXI stoletiya». (MGU, 2006 yil, may), «Gosudarstvenno–konfessionalnoe partnerstvo i institualizatsiya duxovnogo obrazovaniya v RF i stranax SNG» (MGLU, 2010 yil, dekabr), ««Aktualnie problemi razvitiya etnicheskogo i religioznogo mnogoobraziya v kontekste musulmanskix obrazovatelnix protsessov: rossiyskiy i zarubejny opit».( Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod universiteti, 2011 yil, noyabr).
Iroda Shamsieva xalqaro “Istoriya i kompyuter” uyushmasining a’zosi. 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Uning muallifligida oliy o’quv yurtlari uchun ishlangan “O’zbekiston tarixi” darsligi, “Tarix va kompyuter”, “O’zbekistonda axborot texnologiyalar taraqqiyoti”, “Axborot texnologiyalar: tarix va hozirgi zamon” risolalari nashr etilgan.
Bugungi kunda “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamondoshlari xotirasida” amaliy grant tadqiqotiga rahbarlik qilmoqda.

 

Choriyeva Dilorom Abdumuminovna – tayanch doktorant

          O‘zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti bakalavriati (2001) hamda magistraturasini (2003) tamomlagan. 2003-2012 yy. – O‘zR Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasida I toifali mutaxassis, kabinet mudiri, bosh metodisti lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012-2015 yy. –Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji katta o‘qituvchisi. 2015-2016 yy. – O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va o‘quv, ilmiy-uslubiy adabiyotlar tayyorlash sektorida yetakchi mutaxassis.

2017 yildan buyon – O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazining tayanch doktoranti. Hozirda u “O‘zbekistonda madaniyat sohasidagi boshqaruv muassasalari faoliyati (1991-2016 yillar)” mavzuida PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. D.Choriyeva o‘zining ilmiy izlanishlari davomida O‘zbekiston tarixining siyosiy, ijtimoiy-madaniy sohalariga oid muammolarga bag‘ishlangan qator risola, ilmiy maqola va tezislar muallifi.

 

O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha xorij tadqiqotlari analizi va monitoring bo’limi

Bo’lim mudiri : Aminov Bobur Bomuradovich

Aminov Bobur Bomuradovich 1998- yilda «Janubi O’zbekiston epigrafik yodgorliklari tarixiy manba sifatida (XV-XX asr)» mavzusida,   tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot uslublari  mutahasisligi 07.00.09 – bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Uning ilmiy qiziqishlari manbashunoslik, genelogiya, epigrafika, tarixshunoslik kabi sohalarga yo’naltirilgan. Shuningdek , uning ilmiy qiziqishlari doirasiga tarixiy qo’lyozma asarlarni,  hujjatlarni va tarixiy adabiy asarlarni  rus va o’zbek tillariga  tarjima qilish ham kiradi. Uning asosiy ilmiy tadqiqotlari natijalari O’zbekiston va xorij mamlakatlari ilmiy nashrlarida chop  etilgan. Ularga  sharq tillaridan tarjimalar, ilmiy jurnallar, , ilmiy  to’plamidagi maqolalar, risolalar  kiradi. B. Aminovning 70 dan ziyod ilmiy asarlari quyidagi tillarda chop etilgan: o’zbek, rus, ingliz, fransuz  va turk. Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Shvetsariya, Qozog’iston, Rossiya kabi mamlakatlarda nashr etilgan.

B.Aminov  xorijda, Fransiya, Eron, Turkiya kabi mamlakatlarda ilmiy tajriba orttirdi. Epigrafik va manbashunoslik bo’yicha Sorbonna IV  Universitetida (Parij, 2009), Bordo III (Bordo, 2002, 2006),  Mayis Universiteti (Istanbul,2015), Leyden Universiteti (Leyden, 2016), Koch Universiteti qoshidagi Anatoliya sivilizatsiya Markazi (Istanbul, Anqara, 2014-2015), Nijegorod tilshunoslik universiteti( Nijniy Novgorod, 2011),  Aktyubinsk universiteti (Aktyubinsk, 2012,2015) va boshqa joylarda  maruzalar o’qigan.

 

Katta ilmiy xodim : Qurbonmamadov Parviz Aknazarovich

Qurbonmamadov P. O’zbeiston Milliy Universitetining  Etika va Estetika kafedrasini, falsafa fakultetida aspiranturani  2011 – yilda  tamomladi. 2000 -yilda Mayami (AQSH)da ingliz tili Xalqaro maktabida o’qidi. Gyote institutining  «San’at haqida maruza» (2016) loyihasining g’olibi hisoblanadi.  Toshkentda zamonaviy san’at Xalqaro  ko’rgazmasining fotoloyihasining noziri (2016).  Qurbonmamadov P. A 10 dan ortiq maqolalarni O’zbekiston, Avstriya, Chexiya. AQSH, Qozog’iston va boshqalar ilmiy jurnallarida chop etgan.  San’at falsafasi sohasida «Zero line» galeriyasi maslahatchisi va maruzachisidir.  Ilmiy qiziqish doirasi – san’at falsafasi, estetika, madaniy rivojlanishning milliy xususiyatlari, eng yangi O’zbekiton tarixi.